Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 340
  • Ko`rib chiqilganlar 305
    • Takliflar 49
    • Arizalar 256
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

XALQARO HAMKORLIK

08:46, 26.09.2022      

Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi fransuz tili va ta’lim hamkorligi bo‘yicha attashe (maslahatchi)si Serj Bellini Farg‘ona davlat universitetiga tashrif buyurdi.

Mehmonlarni yuqori samimiyat bilan kutib olgan oliygoh rektori B.Shermuhammadov boshchiligidagi jamoa dastlab rasmiy muloqotlar olib bordilar.

Ushbu tashrifning asosiy maqsadi – ikki mamlakat o‘rtasida fransuz tili va ta’lim bo‘yicha hamkorlikni Farg‘ona davlat universiteti misolida yanada mustahkamlash, anglashuv memorandumlari tuzish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma dasturlar ishlab chiqish, xalqaro loyihalarni amalga oshirish, ilmiy-innovatsion sohada tadqiq etilayotgan tajribalarni o‘rtoqlashishdan iborat bo‘ldi.

O‘zaro muloqotlar davomida attashe Serj Bellini universitetning bir asrga yaqin tarixi, ta’lim dargohida amalga oshirilayotgan xalqaro hamkorlik ishlari, o‘quv-tajriba poligonlarida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar, uzumchilik, anorchilik va mevachilik yo‘nalishlarida erishilayotgan yutuqlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotga ega bo‘ldi. Shuningdek, Serj Bellini oliygoh tuzilmasidagi “Qatag‘on qurbonlari” tarixiy muzeyida bo‘lib, bu yerda Farg‘ona tarixi, jadidlar o‘tmishi, xalqimizning boy ma’naviy va madaniy merosini katta qiziqish bilan kuzatdi.

Uchrashuv yakunida mehmonlarga hamkorlik va samimiy do‘stlik ramzi sifatida esdalik sovg‘alari tuhfa etildi.