Sog'lom turmush tarziga rioya qilish, yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida, Farg’ona davlat universitetining, Fizika-texnika fakulteti hamda Matematika-informatika fakulteti 1-bosqich talaba-yigitlari o'rtasida minifutbol musobaqalari oʻtkazildi.
Shuningdek, 1-oktabr "Ustoz va murabbiylar kuni" munosabati bilan Filologiya fakultetida sportning futbol turi bo‘yicha musobaqaga start berildi.
Musobaqani fakultet rahbariyati ochib berar ekan, ishtirokchilarga omad tiladilar. Futbol o’yinlari qizg'in davom etmoqda.