Zootexniya fakulteti dekani 1-bosqich talaba-yoshlarining ota-onalari bilan muloqot o'tkazdi.
Yig'ilishda ota-onalarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayoning tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 824-sonli qarori va kredit-modul tizimi bo‘yicha ta’lim natijalarini baholash va nazorat qilish tartibi batafsil tushuntirildi.
Shuningdek, universitetning ichki tartib qoidalari va odob-axloq, tarbiya masalalarida so'z bordi.
Tadbir yakunida eng yuqori natija ko'rsatib talaba bo'lgan yoshlarning ota-onalariga tashakkurnomalar taqdim etildi.