Ustozlar, jasorat va jur’at timsolidirlar! Ma’rifatparvar olim Abdulla Avloniy “Har bir millatning saodati, davlatning tinchi va rohati yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog‘liq” deganda ustozlar zimmasida juda buyuk mas’uliyat turganini nazarda tutgan bo‘lsa ajab emas.
Darhaqiqat, yurtning ertasini, kelajagini tarbiya qiladigan bu ulug’ insonlar oldida ta’zim qilmoqlik barcha uchun buyuk sharafdir.
Farg’ona davlat universitetining Maktabgacha va boshlangʻich ta'lim fakultetida faxriy ustozlarning ibratli hayotlarini aks ettiruvchi "Ustozlarga ehtirom" nomli badiiy kecha tashkillandi.
Ulugʻ dargohning faxriylari oʻz soʻzlari, tilaklari bilan tadbirga ko'rk bag'ishladilar.