Tarix fakultеtida ta'lim olayotgan 1-bosqich talabalarining ota-onalari uchun uchrashuv tashkil etildi.
Yig’ilishda fakulteti dekani X.Jo’rayev so’zga chiqib, ota-onalarga Farg`ona davlat universiteti kengashining 2022-yil 28-yanvardagi 6-sonli yig`ilishida ma`qullangan universitet ichki tartib qoidalari va odob-ahloq qoidalari haqida to`liq ma`lumot berib o`tdi.
Shuningdek, fakultetning ma`naviy-marifiy va yoshlar masalalari ishlar bo`yicha dekan o`rinbosari M.Soipova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 21 maydagi 139-sonli qarori, shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligining 2012 yil 26 maydagi 214-sonli buyrug‘iga muvofiq “O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi NIZOM to‘g‘risida tushuntirib o‘tdi.
O’quv ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari: D.Yusupov ta’limning krеdit-modul tizimi to’g’risida tushuntirib o’tdi.