Inson, avvalo, unga bilim va marifat dunyosi sari yo'l ochib bergan, uning qalbiga yuksak insoniy fazilatlar hissini singdirish yo'lida zahmat chekkan ustoz va murabbiylariga nisbatan ko'nglida hamisha minnatdorlik tuyg'usi bilan yashaydi.
Bugun, Farg’ona davlat universitetining bir qator talaba yoshlari ham ustozlarga bo’lgan qalb so’zlarini o’zgacha ko’rinishda ifoda etdilar.
1-Oktyabr "Ustoz va murabbiylar" kuni munosabati bilan Ingliz tili va adabiyoti fakulteti talaba-yoshlari tashabbusi bilan "Ustozimga maktub" loyihasi yo'lga qo'yildi, unda ustozlarga tilaklar bitilgan maktublar yo'lladilar.
Shuningdek, Chet tillari fakulteti talabalari tashabbusiga binoan, bayramga bag’ishlab, "Ustozlarga ehtirom" mavzusida chellenj o'tkazilmoqdalar.