Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 340
  • Ko`rib chiqilganlar 305
    • Takliflar 49
    • Arizalar 256
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

OTA-ONALAR BILAN MULOQOT

13:23, 27.09.2022      

Fizika-texnika fakultetida bugun 1-bosqich talaba-yoshlarining ota-onalari bilan muloqot o'tkazildi.

Muloqot davomida, fakulteti dekani Sh.SHaropov so’zga chiqib, ota-onalarga Farg`ona davlat universiteti kengashining 2022-yil 28-yanvardagi 6-sonli yig`ilishida ma`qullangan universitet ichki tartib qoidalari va odob-ahloq qoidalari haqida to`liq ma`lumot berib o`tdi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 21 maydagi 139-sonli qarori, shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligining 2012 yil 26 maydagi 214-sonli buyrug‘iga muvofiq “O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi NIZOM to‘g‘risida tushuntirib o‘tdi.

O’quv ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari: I.Yakubov ta’limning krеdit-modul tizimi to’g’risida tushuntirib o’tdi.