Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 340
  • Ko`rib chiqilganlar 305
    • Takliflar 49
    • Arizalar 256
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

«OLIYGOHLARDA XOTIN-QIZLARNING INTELLEKTUAL VA IJTIMOIY MAQOMINI YUKSALTIRISHNING GENDER OMILLARI»

14:27, 28.09.2022      


Farg'ona davlat universiteti qoshidagi Gender tengligi tadqiqotlar markazida “Oliy ta'lim muassasalarida xotin-qizlarning intellektual va ijtimoiy maqomini yuksaltirishning gender omillari”mavzusida xalqaro onlayn konferensiya o'tkazildi.

O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Respublika Gender komissiyasi, “Qalb nuri” ayollar va ularning oilalarini ijtimoiy-huquqiy qo‘llab-quvvatlash markazi, Farg‘ona shahar “Yoshlar innovatsiya markazi”hamkorligida tashkil etilgan mazkur konferensiya ishi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan gender tenglik siyosatining ustuvor masalalarini qamrab oldi.

Anjumanni o'z kirish so'zi bilan ochib bergan universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov xotin-qizlarimizning huquqiy mezonlar asosida mustahkamlanib borayotgan tеng huquqliligi, jamiyatda ko'tarilayotgan nufuzi xususida gapirib, ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash masalasi bugun davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biriga aylanganini ta'kidlab o'tdi.Bunda oliygoh rahbari tomonidan yurtimizda muhtaram Prezidentimiz boshchiligida maktabgacha ta'limdan tortib, oliy ta'lim tizimiga qadar ta’lim, ilm-fan va inson kapitalini rivojlantirishga qaratilayotgan yuksak e’tibor e'tirof etildi.

Konferensiya davomida Oliy Majlis qo‘mita raisi Qodirxonova Malika Akbarovnaning “Yangilanayotgan O‘zbekistonda gender tenglikning huquqiy asoslari” hamda O‘zbekiston Oliy ta’lim vazirligi vazirining maslahatchisiOdina Jamoldinovaning “Oliy ta’lim istiqboli va gender tenglik masalalari” mavzusidagidolzarb tadqiqotlardan iborat ma'ruzalari tinglandi.

Shuningdek, Ural davlat pedagogika universiteti Psixologiya instituti direktori L.A. Maksimovaning “Regionalnie programmai professionalnogo razvitiya jenshin- rukovoditeley”, Gender tadqiqotlar markazi rahbari T.Egamberdiyevaning "Oliy ta’lim tizimidagi xotin-qizlarni ijtimoiy faolligini oshirishning gender yo‘nalishlari", O‘zPFITI direktori X.Ibraimovning “Jamiyat taraqqiyotining yangi bosqichida gender tenglikni ta’minlashning ijtimoiy ahamiyati”, Qirg‘iziston-Xitoy fakulteti xitoy tili va sinologiya kafedrasi o‘qituvchisi Fen Scingning“Problemi nravstvennosti v rasskaze K.G.Paustovskogo «telegramma»”, Andijon davlat pedagogika instituti professori, pedagogika fanlari doktori Z.Azimovaning “Biblioterapiya vositasida bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning gender omillari” mavzularidagi bir qator ilmiy-amaliy xulosalari asosidagi nutqlari, ma'ruzalari, xulosalari eshitildi va qarashlari o'rganildi.

Anjuman dasturidan o'rin olgan ishtirokchi hamkorlar, professor-o'qituvchilar, dotsentlar, doktorantlar hamda yosh izlanuvchan talabalarning aynan gender tengligi borasidagi ilmiy izlanishlari ham muhokama markazida bo'ldi.