HARBIY TA’LIM FAKULTETI XABAR QILADI
17:18, 28.09.2022
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019yil 12sentabr kunidagi PQ-4447 - son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 9 oktabr kunidagi 809-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalarining harbiy tayyorgarlik o‘quv bo‘linmalari to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Mudofa Vazirligi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 5 dekabr kunidagi 35/26-son qo‘shma qarorlari hamda Farg‘ona garnizoni boshlig‘ining 2022yil 23sentabr kunidagi 23-sonli buyrug’iga asosan, Farg‘ona davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti kursantlari tomonidan kiyim-bosh rusumini kiyish qoidalarini tartibga solish maqsadida fakultet boshlig’i polkovnik I.Saidov boshchiligida, kurs va guruh komandirlari tomonidan saf ko’rigi o’tkazildi.