Farg’ona davlat universitetining Jahon va mintaqa iqtisodiyoti kafedrasi mudiri, Iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent - G.Xolmatjonovaning taklifiga asosan, AQShning Texas Texnika universiteti professori Doktor Dani Farg’ona davlat universitetiga tashrif buyurdi.
Ayni paytda Doktor Dani Jahon va mintaqa iqtisodiyoti kafedrasida 2-bosqich Mintaqaviy iqtisodiyot yo'nalishi talabalariga menejment, marketing fanlaridan ma'ruza mashg’ulotlari o’tmoqda.
Ushbu mashg’ulotlar 26-sentabr sanasidan 30-sentabr sanasiga qadar davom etishi rejalashtirilgan.