Ustoz deganda, har qaysi inson koʻnglida chuqur hurmat — ehtirom va cheksiz minnatdorlik tuygʻulari, shu bilan birga, hech qanday boylik bilan oʻlchab va ado qilib boʻlmaydigan qarzdorlik hissi paydo boʻladi.
Farg’ona davlat universitetining Tabiiy fanlar fakultetida 1-oktabr "Ustoz va murabbiylar" kuniga bag'ishlab, oliygohning faxriy ustozlari hamda talaba-yoshlari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda universitet faxriylarining ibratli mehnat faoliyati, oliyjanobligi va yuksak ma'naviyati talaba-yoshlar qalblarimizga cheksiz g'urur-iftixor bag'ishlab, talabalarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga ko’mak bo'ldi.