O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-noyabrdagi 675-son qarori bilan tasdiqlangan “Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontarkt asosida o‘qishga qabul qilish tartibi tog‘risida”gi Nizomi, O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 2022-yil 3-avgustdagi 2-sonli majlisi bayoni hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 8-sentabrdagi 02/15-4/1-5265-sonli xati ijrosi doirasida Farg'ona davlat universitetida anjuman o'tkazildi.
Anjumanni oliygoh rektori Bahodirjon Shermuhammadov olib borar ekan, yig'ilgan abiturientlarga mamlakatimizda muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida olib borilayotgan ta'lim islohotlari, mehnat tajribasiga ega bo'lgan kadrlarga yaratilayotgan imkoniyatlar hususida batafsil tushunchalar berdi.
Shuningdek, muloqot davomida universitet rahbari davlat tashkilotlarida, iqtisodiyot tarmoqlarida ishlab kelayotgan malakali mutaxassislarga yaratilgan imkoniyatlarni qo'llab-quvvatlashini bildirgan holda, ular oldida turgan muhim vazifalarni aytib o'tdi.
Bunda korrupsiya holatlariga yo'l qo'ymaslik, shaffoflik, adolatlilik tamoyillari asosida o'tayotgan jarayonlarga jiddiy yondoshish, ichki tartib-tamoyillariga amal qilish, odob-axloq qoidalari hamda kiyinish madaniyatiga rioya qilish vazifalari alohida ta'kidlandi.
Muloqot davomida iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni sirtqi va kechki ta’lim shakllariga o‘qishga qabul qilish bo'yicha tuzilgan Suhbat komissiyasi tarkibi ishtirokchilarga tanishtirildi.
Shundan so'ng abiturientlar Axborot-resurs markaziga taklif etilib, qabul uchun maxsus tashkil etilgan joylarda, onlayn translatsiya orqali muntazam yoritib boriluvchi videokameralar kuzatuvida suhbat jarayonini boshladilar.