Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 445
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

CHET TILLARIDA ZIYOKORLAR BAYRAMI

16:49, 29.09.2022      

Farzandlar ta’lim-tarbiyasi, yosh avlodni barkamol insonlar etib kamolga yetkazishga alohida e’tibor qaratish milliy qadryatlarimizga xos ezgu fazilatlardandir. Xalqimizning ustoz otangdek ulug‘, degan purhikmat naqlida ham o‘qituvchi va murabbiylarga bo‘lgan samimiy ehtirom namoyondir.

1-oktabr "Ustoz va murabbiylar kuni" munosabati bilan Farg’ona davlat universitetining Chet tillari fakultetida “Talaba oqshomi” bayrami bo'lib o'tdi.

Bayram dasturigafakultetning barcha ustozlari talabalar tomonidan chuqur ehtirom bilan kutib olindi. Qatnashchilari fakultetning raqs dastasi va QVZ klubi a'zolari tomonidan tayyorlangan ajoyib chiqishlar, iqtidorli talabalar tomonidan ijro etilgan qo'shiqlardan bahramand bo'ldilar.

Shuningdek, talabalar tomonidan professor-o'qituvchilarga atab tayyorlangan videorolik, tabriklar va qutlovlar izhor etildi.