Ustozlarimiz o'giti, keksalarimiz pand-nasihatlariga amal qilib borsak, aslo kam bo'lmaymiz. Bu bilan ustoz va murabbiylarimiz oldidagi ilk burchimizni ado etgan bo'lamiz. Inson, avvalo, unga bilim va marifat dunyosi sari yo'l ochib bergan, uning qalbiga yuksak insoniy fazilatlar hissini singdirish yo'lida zahmat chekkan ustoz va murabbiylariga nisbatan ko'nglida hamisha minnatdorlik tuyg'usi bilan yashaydi.
Bugun Farg’ona davlat universitetida 1-oktabr – "Ustoz va murabbiylar kuni" bayramiga bag’ishlangan tadbbir bo’lib o’tdi. Ushbu tadbirda, oliygohning Ma’naviy-ma’rifiy va yoshlar masalalari bo’yicha birinchi prorektori P.Otaqulov , ma'naviy-ma'rifiy yo'nalishda namunali faoliyat ko'rsatayotgan, talaba-yoshlar bilan ishlashda samarali natijalarga erishayotgan bir guruh tyutorlarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.