Farg‘ona davlat universiteti Kengashining 2-sonli yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi! Kengash mamlakatimizda keng nishonlanayotgan muhtaram ustozlarimiz, aziz murabbiylarimizning kasb bayramlari arafasida ko‘taringki ruhda o‘tdi.
Yig‘ilish avvalida universitet rektori eng sharafli va saodatli vazifaning fidoiy egalari – ustozlar jamoasini kasb bayramlari bilan samimiy qutladi va ilmiy yutuqlar va yuksak darajalarga erishgan professor-o‘qituvchilar va o‘z iqtidori, bilimi bilan yuqori natijalarga ega bo‘lgan bir guruh talaba-yoshlarni munosib taqdirladi.
Mazkur yig‘ilish kun tartibida - yo‘riqnoma hujjatlar ijrosi, o‘quv-uslubiy kengash hamda axborot-resurs markazi faoliyati, sohaga innovatsiyalarni jalb etish tadbirlari, universitetda olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash jarayonlari holati, professor-o‘qituvchi va talabalarga yaratilayotgan sharoitlar, oliy ta’lim muassasalari reytingi ko‘rsatkichlari bo‘yicha kafedralarda amalga oshirilayotgan ishlar tahlili, bitiruvchilar bandligini ta’minlash bo‘yicha qilingan ishlar muhokamasi hamda turli tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi.