Ilm bebaho boylik, uni egallash oson ish emas. Ulamolar ilm olishni igna bilan quduq qazishga o‘xshatishgan. Inson shunday bebaho xazinaning sohibi bo‘lishida ustozning o‘rni beqiyos.
Ilm ahliga saboq berishning qanchalar mashaqqatli ekanini, ustozlargina biladilar.
Bugunga kunda yurtimizda ustoz va murabbiylarga qaratilayotgan yuksak e’tibor ham ulug’ qadriyatlarimizdan biri desak adashmagan bo’lamiz.
1-oktabr "Ustoz va murabbiylar kuni" munosabati bilan Farg’ona davlat universitetining Chet tillari fakulteti rahbariyati universitetning faxriy ustozlarini xonadonlarida bo'ldilar. Ularni bayram bilan qutladilar.