Ustoz. Shu birgina so'z zamirida olam-olam ma'no va hurmat mujassam. Ustoz-bu o'zidan keyin har bir insonning hayotida sezilmas, ammo juda muhim iz qoldiruvchi buyuk zot. Zero, har bir kasb egasi muallim qo‘lida o‘z yo‘lini topadi. Inson yo‘qki, ustoz-muallim sabog‘isiz kamolga yetgan bo‘lsa! Insoniyat kamoloti uchun bilimi, iqtidori va hayotini baxsh etgan ustozlarning xizmatlarini hamma zamonlarda ham kishilar hurmatlab, o'zlarini esa e'zozlab kelishgan.
“1-Oktabr o‘qituvchilar va murabbiylar kuni” munosabati bilan Farg’ona davlat universitetining Pedagogika – psixologiya fakulteti tomonidan “Ustozim-hayotim chirog‘i” nomli tadbir tashkil etildi.
Tadbirda fakultetda faoliyat olib borayotgan bir qator murabbiylar oliygoh rahbariyati tomonidan bayram bilan munosib taqdirlandilar.