Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 340
  • Ko`rib chiqilganlar 305
    • Takliflar 49
    • Arizalar 256
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

QO‘SHMA FAKULTETDA USTOZLAR BAYRAMI

15:05, 03.10.2022      

Yurtimizning barcha ta’lim dargohlarida bo‘lgani kabi, Universitetning Uzumchilik, mevachilik va sabzavotchilik qo‘shma fakultetida ham "Ustoz va murabbiylar kuni" ko‘tarinki kayfiyatda nishonlandi.

Tadbirda fakultetning barcha ustozlari, tyutorlari, hodimlari va talabalari ishtirok etdilar.

Ustozlar bayrami uchun talabalar tomonidan tayyorlangan chiroyli chiqishlar, qo‘shiq, she’rxonlik, raqs va ajoyib sahna ko‘rinishlari yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat ulashdi. Tadbirga taklif etilgan tumandagi 35-MTM tarbiyalanuvchilari raqs dastasi bayramga yanada fayz qo‘shdi. Shuningdek, san’atkorlar ijrosidagi sho‘x kuy-qo‘shiqlar va raqslar ijro etildi.

Tadbir so‘ngida fakultetning bir qator fidoiy va zahmatkash professor-o‘qituvchilari esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.