«Universiada» musobaqalari yosh avlodni sog‘lom turmush tarzi tamoyillari asosida tarbiyalash, ularning sportga qiziqishini, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘usini oshirish borasida beqiyos ahamiyat kasb etmoqda.
O‘tgan davr mobaynida bu musobaqalar yoshlarimiz hayotining ajralmas qismiga aylandi hamda ular uchun tajriba va mahorat maktabi bo‘lib xizmat qilmoqda.
Ayni kunlarda talaba-yoshlar o’rtasida “UNIVERSIADA – 2022” sport musobaqalarining hudud bosqichi bo’lib o’tmoqda.
Andijon viloyatida bo’lib o’tayotgan ushbu sport musobaqalarining basketbol turi bo’yicha hudud bosqichida qatnashgan Farg’ona viloyati (Farg’ona davlat universiteti) jamoasi 94-51 hisob bilan Namangan viloyati jamoasi ustidan g’alaba qozondilar.