Farg'ona davlat universitetida "Yangi O'zbekistonni barpo etishda san'at va madaniyatni rivojlantirishdagi muammo va yechimlar" mavzusida xalqaro ilmiy - amaliy anjuman bo'lib o'tdi.Ushbu anjuman onlayn tarzda ham ishtirokchilarni qamrab oldi.
Tadbirning ochilish qismida universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov kirish so'zi bian ishtirok etar ekan, konferensiya ishi va qatnashchilarga muvaffaqiyat tiladi.
Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat vazirligi, Uzeyir Hojibeyli nomidagi Boku musiqa akademiyasining Musiqa nazariyasi kafedrasi dotsenti Mamedaliyeva Turan Vasimovnaning "Salmana Gambarova ijodida milliy namunaviy izlanishlar" mavzusidagi, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti professori, pedagogika fanlari doktori S.S.Bulatovning - "Yangi O'zbekistonni barpo etishda innovatsiyalar" mavzusidagi, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti dotsenti G.S.Sharipovanig "Hunarmandchilik va amaliy san'at orqali kasanachilikni rivojlantirish tamoyillari" mavzusidagi shuningdek, O'zbekiston Respublikasi xalq artisti, Farg'ona davlat universiteti professori, Vokal va cholg'u ijrochiligi kafedrasi mudiri, Turon fanlar akademiyasi akademigi, O'zbekiston kompozitorlar va bastakorlar uyushmasi a'zosi - Sultonali Mannopovning "Farg'ona vodiysi milliy san'atimizga beshik bo'lgan yurt" mavzusidagi ma'ruzalari taqdimot va amaliy misollar yordamida namoyish etildi.
Anjuman sho'balarga bo'lingan holda davom etdi va O'zbek san'ati va madaniyatini rivojlantirish borasida muhim ma'ruzalar tinglandi.