Kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish borasidagi targ’ibot-tashviqot ishlarini samarali va tizimli tashkil etish bo’yicha Farg’ona davlat universitetida “Eng yaxshi kitobxon talaba” ko’rik - tanlovining universitet bosqichi bo’lib o’tdi.
Kitobxonlar tanlovda quyidagi shartlar bo’yicha bellashdilar:
1-shart “Eng bilimdon kitobxon” (Test)
2-shart “Annotatsiya mahorati” (Yozma)
3-shart “Kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targ’ib etish”
Tanlovning yakuniy- respublika bosqichida g’olib bo’lgan ishtirokchilar ushbu mukofotlar bilan taqdirlanadilar:
1-O’rin 3500000 so’m
2-O’rin 2500000 so’m
3-O’rin 1500000 so’m