Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 341
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 257
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

YUQORI NATIJALAR BILAN YUQORI REYTING SARI

11:21, 06.10.2022      

Farg‘ona davlat universitetida muhim masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Oliygoh rektori Bahodirjon Shermuhammadov raisligida o‘tgan mazkur tahliliy yig‘ilishda ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligini ko‘tarish, falsafa doktori, fan doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyalar himoyalari sonini oshirish hamda ushbu yo‘nalishda ish olib borayotgan o‘qituvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida bajarilayotgan ilmiy loyihalar ko‘lamini kengaytirish, xalqaro loyihalar qiymatini oshirish, milliy va xalqaro reytinglarning yuqori pog‘onalaridan o‘rin egallash chora-tadbirlarini ishlab chiqish, shunıngdek, professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar, doktorantlar, magistrlarning yuqori impakt-faktorga ega nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etishlari va monografiyalar sonini ko‘paytirish, maqolalarga iqtiboslik ko‘rsatkichlarini oshirish kabi dolzarb masalalar kun tartibida bo‘ldi.

Yig‘ilishda ishtirok etayotgan prorektorlar, dekanlar, kafedralar mudirlari, bo‘lim rahbarlari va ushbu yo‘nalishning mas’ul xodimlari hisobotlari tinglanib, ilmiy-tadqiqot ishlarini samarali tashkil etish borasida zarur vazifalar, kelgusi rejalar belgilab olindi.