2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasidagi inson qadrini yuksaltirish, xalqparvar davlat barpo etish yo'lida olib borilayotgan tizimli islohotlarning davomi sifatida kuni kecha O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi.
Mazkur qonunning qabul qilinishi “Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak”, degan tamoyilni to‘la ro‘yobga chiqarish uchun mustahkam huquqiy poydevor bo‘ladi, albatta.
Farg’ona davlat universitetida bo’lib o’tgan muloqotda ushbu qonunning mazmun-mohiyati, davlat fuqarolik xizmatchisining huquqiy maqomi, lavozimlar toifalari va malaka darajalari, davlat fuqarolik xizmatiga kirish, o‘tash va tugatish jarayonlarining yagona tartiboti, kadrlarning kasbiy-ma’naviy fazilatlari va yagona davlat fuqarolik xizmatining tashkiliy-huquqiy mexanizmlari muhokama markazida bo’ldi.