Yurtimizda yoshlarni qo’llab-quvvatlash va ularningyuksak bilim-salohiyatlarini yanada rivojlantirish maqsadida turli mavzudagi ko’rik-tanlovlar tashkil etilmoqda.
Jumladan, Oliy ta’lim muassasalari magistrantlari o’rtasida respublika miqyosida matematika yo’nalishi bo’yicha “Eng yaxshi ilmiy ma’ruza” ko’rik- tanlovi o’tkazildi.
Tanlov natijalariga ko’ra, g’oliblar “Akademuk Qori Niyoziy merosi” ilmiy metodik markazi tomonidan rag’batlantirildilar.
Quvonarlisi, ushbu tanlovda Farg’ona davlat universiteti talabasi - Doniyor Usmanov 1- o'rinni egalladi va 5 000 000 so’m mukofoti sohibi bo'ldi!