Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 341
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 257
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

BIZNING JAMOA - FINALDA!

09:58, 07.10.2022      

“Universiada” sport musobaqalari talaba-yoshlar oʻrtasida sportning olimpiada va milliy sport turlarini rivojlantirish orqali yoshlarning sport bilan shugʻullanishlari uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, ularning irodasi, oʻz kuchi va imkoniyatiga boʻlgan ishonch, mardlik, vatanparvarlik, Ona yurtga sadoqat tuygʻularini kamol toptirish kabi olijanob maqsadlarga qaratilgan.

Ayni kunlarda yurtimiz oliy ta’lim muassasalarida talaba-yoshlari o’rtasida ushbu musobaqalarga saralash bosqichi davom etmoqda.

Andijon viloyatida sportning basketbol turi bo'yicha bo'lib o'tayotgan "Univеrsiada 2022" hududiy musobaqalarida FarDU jamoasi 94-50 hisobida Andijon viloyati jamosini mag'lub etdi va final yo'llanmasini qo'lga kiritdi!