Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 341
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 257
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

"KEKSALARNI E'ZOZLASH" HAFTALIGI DOIRASIDA

16:31, 07.10.2022      

Kelajak avlodni xalqimizning ko’p asrlik qadriyat va an’analari ruhida tarbiyalashda keksalarning o’rni muhim ahamiyatga egadir. Keksalarni e’zozlash, hurmat ko’rsatish, ular holidan habar olish hamda moddiy-ma’naviy jihatdan qo’llab quvvatlash har bir yosh avlodning burchi hisoblanadi.

Yoshlarni ezgulik, insonparvarlik ruhida tarbiyalash hamda "Keksalarni e'zozlash" haftaligi doirasida Farg’ona davlat universitetining Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim fakulteti talaba-yoshlari Farg'ona shahrida joylashgan "Muruvvat uyi"da bo'ldilar.

Shuningdek, Tabiiy fanlar fakultetining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi va faol talabalar Farg'ona shahridagi Muruvvat mahallasida bo'lib, o'z estalik sovg'alari bilan nuroniylar holidan xabar oldilar.