Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 341
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 257
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

TALABALAR BILAN UCHRASHUV

16:32, 07.10.2022      

Talaba-yoshlarni qo’llab-quvvatlash va ularning taklif va muammolarini eshitish hamda ularni ijobiy hal etish maqsadida Farg’ona davlat universitetining Filologiya fakultetida rektori maslahatchisi N.Maqsudov hamda yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor P.Otaqulovlar tomonidan talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Unda talabalar o‘rtasida jinoyatchilik, diniy ekstremizm va giyohvandlikning oldini olish, korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik, talaba-yoshlar muammolarini o‘rganishga asosiy e’tibor qaratildi. Talabalarning ta’lim-tarbiya jarayonlarini takomillashtirish, qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha fikrlar va takliflar o‘rganildi.