Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 341
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 257
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

OTA-ONALAR KUN

09:40, 08.10.2022      

Farg`ona davlat universiteti Harbiy ta'lim fakultetida 2022-2023 o`quv yilida talabalikka qabul qilingan 1-bosqich talabalarning ota-onalariga yig‘ilish bo‘lib o`tdi.

Yig’ilishda fakulteti boshlig’i I.Saidov so’zga chiqib, ota-onalarga Farg`ona davlat universiteti kengashining 2022-yil 28-yanvardagi 6-sonli yig`ilishida ma`qullangan universitet ichki tartib qoidalari va odob-ahloq qoidalari haqida to`liq ma`lumot berib o`tdi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligining 2012 yil 26 maydagi 214-sonli buyrug‘iga muvofiq “O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi NIZOM to‘g‘risida tushuntirib o‘tdi.

Tadbir so‘ngida universitetida 2021-2022 o`quv yilidan joriy etilgan kredit-modul tizimi haqida batafsil ma`lumot berdilar.