Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
Yoshlarning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, har bir shaxsda qonunlarga va odob-axloq qoidalariga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat, huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik hissini uyg‘otish maqsadida, Farg’ona davlat universitetining Zootexniya fakultetida Oliy va o'rta ta'lim vazirligining 196-sonli buyrug'iga asosan, talabalar o'rtasida huquqiy savodxonlikni oshirish, huquqiy yordam va huquqiy maslahat berishga qaratilgan "Huquqiy maslahat" soatlari tashkil etildi.
Ushbu tadbirda Farg'ona viloyati Adliya boshqarmasi Intelektual mulk agentligi bo'lim boshlig'i Umidjon Nazirov va talabalar o'rtasida davra suhbati bo'lib o'tdi.