Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 341
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 257
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

XORIJIY OLIYGOHLAR BILAN HAMKORLIK SARI

10:15, 10.10.2022      

Farg‘ona davlat universiteti rahbariyati hamda Filologiya fakulteti jamoasi tomonidan Tojikistonning Xo‘jand shahridagi Xo‘jand davlat universiteti, shuningdek, Huquq, biznes va siyosat universitetlarida bo‘lib, hamkorlik aloqalarini mustahkamlash borasida oliygohlar rektorlari, xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektorlar, fakultet dekanlari, bo‘lim boshliqlari, shuningdek, taniqli olimlar bilan muzokaralar olib borildi.

Hamkorlikda olib boriladigan professor-o‘qituvchilar almashinuvi, talabalar mobilligi, hamkorlikda o‘tkaziladigan ilmiy-amaliy anjumanlar, tashkil etilishi rejalashtirilgan qo‘shma dasturlar va boshqa ishlar kelishib olindi.

Farg’ona davlat universiteti delegatsiyasi Huquq, biznes va siyosat universitetida tashkil etilgan qo‘shma fakultetda bo‘lib, ish faoliyati o‘rganildi. Xorijiy akkreditatsiyadan o‘tkazilgan 3 ta yo‘nalish faoliyati bo'yicha tajribalar almashildi.