Jamiyatda shunday insonlar borki, ular bir shurin so’z-u, bir jimdim mehrga zor. Kimligini aniq bilmasalarda, ko’ngillari mehr istaydi. Ular, mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari va muruvvat uylarida yashab-davolanayotgan insonlardir.
Farg’ona davlat universitetining Jismoniy madaniyat fakulteti professor-o'qituvchilari hamda 1-bosqich talaba-yoshlaridan tashkil topgan jamoa Farg'ona shahrida joylashgan "Muruvvat uyi" tarbiyalanayotgan mehrga tashna ko’ngillarga quvonch ulashdilar.
Ular, muassasada tashkil etilgan "Mehrjon hosil bayrami"ga o’zlarining sahovatpesha hadyalari bilan ishtirok etdilar.