Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 445
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

BUNYODKORLIK ISHLARI

19:23, 12.10.2022      


Talaba-yoshlarning yaxshi bilim olib, munosib sharoitlar bilan ta’minlanishi, qulay va shinam turar joylarda yashashlari uchun Farg‘ona davlat universitetida bunyodkorlik ishlari davom etmoqda.

Yaqinda ko‘rkam va zamonaviy uslubda qurilishi boshlangan universitet sport sog‘lomlashtirish majmuasi hududdagi ko‘p o‘rinli talabalar turar joyi bilan qatorda,shahar markazidagi Al-Farg‘oniy ko‘chasi, 12-uyda joylashgan 4-sonli talabalar turar joyi hududidagi bo‘sh yer maydonida barpo etilayotgan yana bir yangi bino -240 o‘rinli yotoqxonaning poydevor qismi qurib bitkazildi hamda bugun binoning 1-qavatiga g‘isht qo‘yildi.

Universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov oliygoh faxriylari, nuroniy ustozlar duosi bilan ushbu bino poydevoriga ezgu tilaklar bilan birinchi g‘ishtni qo‘yar ekan, bu maskanda olimu, olimalar, Yangi O‘zbekistonning zabardast ilm ahli yetishib chiqishiga ishonch bildirdi.