Tarix fakultetining Jahon tarixi kafedrasi hamda Xitoyning Shimoli-g`arbiy universitetida joylashgan Ipak Yo`li ilmiy-tadqiqot markazi bilan hamkorlikda ilmiy va o`quv-uslubiy sohada keng ko`lamli hamkorlik aloqalari olib borilmoqda.
Universitetda arxeologiya sohada olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar va ularning natijalari, bu borada o`zbek-xitoy hamkorligining istiqbollari, sohada arxeolog va tarixchi mutaxassislarni tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan samarali ishlar to`g`risida Xitoy Xalq Respublikasining mashhur "Shanxi" televideniyasida maxsus ko`rsatuv efirga uzatildi.
Ko`rsatuv davomida xitoylik tomoshabinlar Farg`ona vodiysidagi arxeologik yodgorliklar va ularni tadqiq etish bo`yicha Jahon tarixi kafedrasi olimlari olib borayotgan ilmiy ishlarga oid qiziqarli ma'lumotlarga ega bo`ldilar.
Mazkur ko`rsatuv Farg’ona davlat universitetining xalqaro ta'lim maydonidagi nufuzini yanada oshirishga xizmat qiladi.