Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 505
  • Ko`rib chiqilganlar 468
    • Takliflar 61
    • Arizalar 394
    • Shikoyatlar 50
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

“O’ZBEGIM QIZLARI” BELLASHUVI

10:04, 13.10.2022      

Farg’ona davlat universitetining 4-sonli talabalar turar joyida Fizika-texnika fakulteti hamda Matematika-informatika fakultetlari hamkorligida tadbir tashkil etildi.

Talaba-yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida hamda "Xalqaro qizlar kuni" munosabati bilan talaba-qizlar o’rtasida “O’zbegim qizlari” nomli bellashuv tashkil etildi. Unda "Qizlarjon" klubi a'zolari va "Mohir qo'llar" to'garagi a'zolari ishtirok etdilar.

Bellashuvda sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish maqsadida, qizlarning pazandachilik mahoratlari, mehmon kutish odobi kabi bir qator milliy qadriyatlarimizni targ’ib qiluvchi shartlar asosida bellashdilar. Faol ishtirok etgan talabalar fakultetning esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.