Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 480
  • Ko`rib chiqilganlar 446
    • Takliflar 60
    • Arizalar 371
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​“YAXSHIDAN BOG’ QOLAR!”

08:52, 14.10.2022      

Dono xalqimizda “Yaxshidan bog‘ qolar” degan hikmat bor. Bugun FarDU agrouchastkalarida hosilga kirgan bog‘lar, yashillikka burkangan issiqxonalar, parrandadan tortib, bol tashiyotgan asalarilarni ko‘rib, bu hikmat bejizga aytilmaganini anglaysiz.

Uzumchilik, mevachilik, sabzavotchilik hamda Zootexniya fakultetlari talabalari uchun eng qulay tajriba maydoni bo‘lgan ushbu o‘quv agrouchastkalarida ayni damda ishlar qizg‘in. Mana, talabalar o‘z qo‘llari bilan yetishtirgan sarhil va tabiiy mevalar pishib yetilib, quyosh nurlarida tovlanib ko‘zni qamashtirmoqda.

Quvonarlisi, bugun talaba-yoshlar o‘rtasida mehr, ezgulik, sahovat, oqibat tuyg‘ularini mustahkamlash, ularni mehnatsevarlikka o‘rgatish, bunyodkorlik, obodonchilik ishlariga, bog‘dorchilik ilmiga ishtiyoq uyg‘otish maqsadida ijtimoiy ko‘makka muhtoj talabalar hamda ishchi-xodimlarga totli mevalar tarqatildi.