Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda yoshlar o’rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish maqsadida Farg’ona davlat universitetida “Jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olishning dolzarb masalalari” mavzusida yig’ilish bo’lib o’tdi.
Yig’ilishda Farg’ona davlat universiteti rahbariyati, talaba-yoshlar hamda Farg’ona viloyati Ichki Ishlar Boshqarmasining Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo’yicha rahbar o’rinbosari O.O’rinboyev va mutaxassisi A.Xayitboyevlar ishtirok etdilar.
Uchrashuvda so’zga chiqqan ma’sullar yoshlar o’rtasida turli jinoyatlarning sodir etilish holatlari, jinoyatlarni keltirib chiqarayotgan omillar va ularni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan muhim masalalarga alohida to’xtalib o’tdilar.
Yig’ilish so’ngida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan tegishli javoblarni oldilar.