Farg'ona davlat universitetida ilmiy seminar bo'lib o'tdi.
Seminarga jalb etilgan ilmiy-uslubiy, strategik tadqiqotlar va xalqaro reytinglar bilan ishlash bo'limi mutaxassislari, shuningdek, innovatsion loyihalar, grand dasturlar, xalqaro aloqalar bilan ishlash bo'yicha ma'sullar kun tartibidagi mavzular bo'yicha batafsil tushunchalar berdilar.
Bunda jamoaning ilmiy salohiyatini yanada oshirish hamda universitet reytingini xalqaro miqyosda yetakchi davlatlarning oliygohlari darajasiga ko'tarish bugunning muhim talabi ekanligi ta'kidlandi va bu borada so'ngi 2 yillik natijalar muhokama etildi.
Shuningdek, o'quvda Ingliz tili va adabiyoti fakulteti dekani N.Toirova tomonidan "Grant proposals for international collaboration" mavzusida taqdimot namoyish etilib, xalqaro hamkorlik borasidagi eng samarador grant takliflar xususida so'z bordi.