Pedagogika-psixologiya fakulteti tashabbusi bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2021 yil 14 yanvardagi PQ-4954 sonli qarori ijrosini taminlash va sportning shaxmat turini ommalashtirish maqsadida fakultet talabalari uchun shaxmat to'garagi o'z faoliyatini boshladi.
To'garak rahbari Sh.Aripov tomonidan 1-to'garak mashg'ulotida talabalarga shaxmat o'yini tarixi, nazariyasi bo'yicha batafsil tushunchalar berildi.
To'garak haftaning har chorshanba kuni 1-sonli talabalar turar joyida bo'lib o'tadi.