O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
TILSHUNOSLIK KAFEDRASI
Hurmatli respublikamiz oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, magistrant va talabalar! Farg‘ona davlat universiteti O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligi hamda filologiya fanlari nomzodi, dotsent (marhum) Xasanxon Rustamov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan Sizlarni 2022 yilning 20 oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan “Filologiyaning dolzarb masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga taklif qiladi.
KONFERENSIYA SHO‘BALARI:
TIL VATILSHUNOSLIK TARIXI MUAMMOLARI;
MATN LINGVISTIKASI VA KOGNITIV TILSHUNOSLIK;
AMALIY TILSHUNOSLIK, PRAGMALINGVISTIKA;
TILNI SISTEMA SIFATIDA O‘RGANISH;
RITORIKA VA NUTQ MADANIYATI ;
TIL NAZARIYASI MASALALARI;
POETIKA, LINGVOPOETIKA MUAMMOLARI;
TIL VA ADABIYOT O‘QITISH MASALALARI.
Anjuman tili: o‘zbek, tojik, rus, ingliz, nemis, fransuz tillari.
ANJUMAN MAQOLALARIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR:
Material matnlari tahrir qilingan holda A4 o‘lchovdagi qog‘ozga, Microsoft Word matn redaktori, doc yoki docx formatida (shrift 14, Times New Roman, interval 1,5) terilgan bo‘lishi kerak. Barcha tomondan 20 mm dan qoldiriladi. Yuqori o‘ng burchagida birinchi qatorda sho‘ba ko‘rsatiladi. Ikkinchi qatorda muallif (lar) FISH. Uchinchi qatorda OTM. Keyingi abzatsdan maqola nomi BOSH HARFLAR bilan. Undan so‘ng maqolaning asosiy matni beriladi (shrift 14, 1,5 interval). Maqola hajmi kamida 3 sahifadan iborat bo‘lishi lozim.
Tashkiliy qo‘mita tomonidan tahrirdan o‘tmagan maqolalar mualliflarga qaytarilmaydi va anjuman talabiga mos kelmagan, ko‘rsatilgan muddatdan keyin taqdim etilgan maqolalar to‘plamga kiritilmaydi.
Mualliflardan maqola nashri uchun maqolaning har bir beti uchun 15000 (o‘n besh ming) so‘mdan badal puli olinadi.
Anjumanda qatnashish uchun materiallar tahrir qilingan holda, elektron variantda 2022 yil 1 oktabrgacha qabul qilinadi.
Maqolalar Farg‘ona davlat universiteti filologiya fakulteti tilshunoslik kafedrasida qabul qilinadi.
Aloqa uchun telefon va telegram raqami: +998-91-674-16-85; +998-91-121-92-00
Plastik karta: 8600112937156057
Tashkiliy qo‘mita manzili: Farg‘ona davlat universiteti filologiya fakultetiB.Marg‘iloniy ko‘chasi 105-uy.
Tashkiliy qo‘mita