O'sib kelayotgan yosh avlodga har tomonlama ma'nan va jismonan chuqur aqliy bilimga ega bo'lishlari uchun yurtimizning barcha ta'lim muassasalarida qulay imkoniyatlar yaratib berilgan. Kelajagimiz davomchilari bo'lgan yoshlarimiz ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanib, kasb tanlashda adashmasdan, ustozlari bergan bilimlarni to'liq o'zlashtirishlari lozim.
Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda harbiy kasbga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida Farg’ona davlat universitetining Harbiy taʼlim fakultetida ochiq eshiklar kuni o'tkazilda.
Shu munosabat bilan Farg’ona viloyati Quvasoy shahar Xalq ta’limi bo’limi 2-umumiy o’rta ta’lim maktabiva Quvasoy shahar 27-umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchilari va Chaqiriq qadar boshlang’ich tayyorgarlikrahbarlari fakultetda yaratilgan sharoitlar va o’quv moddiy baza bilan tanishib chiqdilar.