Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 446
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

​“ENG YAXSHI KITOBXON TALABA” KO’RIK-TANLOVI

15:06, 17.10.2022      


Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida "Eng yaxshi kitobxon talaba" tanlovi o‘tkazilmoqda.

Tanlovning viloyat bosqichi bugun universitetimizda o‘tkazildi. Tanlov qizg‘in bahs va bellashuvga boy tarzda o‘tib, talabalar kitobxonlik bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Mazkur bosqichda Farg‘ona viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarining 14 nafar talabalari ishtirok etishdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, 1-o‘rin Farg‘ona davlat universiteti Filologiya fakulteti talabasi Z.Toshmirzayeva;

2-o‘rin O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Farg‘ona mintaqaviy filiali talabasi O‘.Abduraxmonov;

3-o‘rin Farg‘ona politexnika instituti talabasi G.Xaydarova qo‘lga kiritdi.