Farg’ona davlat universitetining San'atshunoslik fakultetida ta'lim olayotgan 1-bosqichida talabalarning ota-onalari uchun yig'ilish bo'lib o'tdi.
Yig'ilishda fakultet dekani F.Yuldashev so'z olib, talabalarning tarbiyasi, odob-ahloqi, intizomi, o'qishga qiziqishi borasida nutq so'zladi.
Shuningdek, yig’ilishda universitet kengashining 2022-yil 28-yanvardagi 6-sonli yig‘ilishida ma’qullangan “Odob axloq kodeksi” va “Ichki tartib qoidalar” bilan tanishtirish, ta’limning kredit-modul tizimi, darslarda qatnashish holati, Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyati, korrupsion illatlarga qarshi kurashish, kiyinish madaniyati kabi muhim masalalar kun tartibida bo'ldi.