Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 341
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 257
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

TASHABBUS!

11:04, 18.10.2022      

Kitob insonni yerdan ko'kka ko'taruvchi, uning ma'naviy quvvatini oshiruvchi buyuk kuchdir. U insoniyatning tarixiy xotirasi, ma'naviy-ma'rifiy olami, ilmiy zaminini mustahkamlovchi, kelajakni yorqin ko'rsatib borishga qodir mash'ala hisoblanadi.

Bugun jamiyatimizda kitobxonlikni rivojlantirish, ayniqsa, yoshlar o'rtasida mutolaa madaniyatini rivojlantirishga davlat tomonidan alohida e'tibor berilib, ko'plab samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Yoshlarni kitobga oshno qilish ma’naviy, madaniy saviyasini oshirish maqsadida Farg’ona davlat universitetining Filologiya fakulteti tashabbusi bilan 2-bosqich talaba-yoshlari Farg’ona shahrida joylashgan “Dono” nashriyotida bo’ldilar.

Shuningdek, Maktabgacha va boshlang‘ich ta'lim fakultetida "Kitoblar olamiga sayohat" qilinib, talabalar uchun arzon narxlarda kitob yarmarkasi tashkillandi.