“Xotin-qizlarni ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish va ularni qoʻllab - quvvatlash” maqsadida, Farg’ona davlar universiteti Fizika-texnika fakultetida universitet rahbariyati hamda Viloyat Ichki Ishlar Bo’limi bilan hamkorlikda profilaktik tadbir tashkil etildi.
Fakultetning xotin-qizlar maslahat Kengashi va Farg'ona viloyati Ichki Ishlar Bo’limi xodimi G.Qo'ziboyeva hamkorligida fizika va texnologik ta'lim yo'nalishining 1-bosqich talabalari uchun profilaktik tadbir tashkillandi. Bunda xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish, ayollarning huquq va manfaatlari masalalari muhokama etildi.