Xalqaro hamkorliklar doirasida Farg’ona davlat universitetining Matematika-informatika fakultetiga Rossiya Federatsiyasining Kamchatka davlat universiteti professori Parovik Roman Ivanovich tashrif buyurdi.
Tashrif davomida ushbu fakultetning professor-o’qituvchilari bilan hamkorlik rejalari yaqindan o’rganib chiqildi.
Shuningdek, Professor Matematika yo'nalishi 3-bosqich talaba-yoshlariga “Природые катастрофы камчатки- землеряссения и извержения вулканов” mavzusida ma’ruza qildi va o'zaro davra suhbati ham olib borildi.