Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 446
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

“O’ZBEK TILIM IFTIHORIM”

15:16, 18.10.2022      

Davlat tili –millat ruhidan suv ichadi, u davrlar o’tsada shu xalq bilan birga nafas olib yashashda davom etaveradi. Ming yillardirki , o’zbek deya nom oligan millatimizning tili, milliy qadriyatlar bilan birga xalqimiz ongi shuuriga singib, sayqallanib kelmoqda.

Yoshlarni ona tilimizga chuqur hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida hamda “O’zbek tiliga – davlat tili maqomi berilganining 33 yilligi” munosabati bilan Farg'ona shahridagi 1-sonli umumta'lim maktabida "Oktabr - ona tili va adabiyot fani oyligi" deb e'lon qilindi.

Ushbu sanaga bag’ishlangan"O'zbek tilim-iftixorim" mavzusidagi tadbir Maktab ma’muriyati va Filologiya fakulteti hamkorligida bo'lib o'tdi.

Tadbirda taniqli drammaturg, adib va shoir Sayidali Odilov va Farg’ona davlat universiteti Filologiya fanlari doktori, professor, shoir - Siddiq Mo'min, shuningdek, bir qator tilshunoslar ishtirok etdilar.