Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 505
  • Ko`rib chiqilganlar 468
    • Takliflar 61
    • Arizalar 394
    • Shikoyatlar 50
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

​“MUZEYLAR – TARIXDAN SO’ZLAR”

09:15, 19.10.2022      

Tariximizning barcha davrlarida ro’y bergan tub о‘zgarishlar fuqarolar ongi va dunyoqarashini shakllanishi jarajonlari hamda mustaqillik uchun kurash olib borgan ajdodlarimizningtasviri aks etgan – muzeylar, yosh avlodga o’tmish xotiralaridan hikoya qiladi, go’yo.

Muzeylar - yoshlarni Vatan, xalq va istiqlol taqdiri uchun faol kurashchi, barkamol inson qilib tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega.

Ana shunday yoshlardan bir guruhi Farg'ona davlat universitetining bir asrlik tarixi haqidagi ma'lumotlarga ega bo'ldilar. Fizika-texnika fakultetining birinchi bosqich talabalari universitet qoshidagi “Qatag‘on qurbonlari" xotira muzeyi bilan tanishdilar. Bu yerda ular jadidlar, o'zbek ma'rifatparvarlari hayoti, faoliyati, shuningdek, Farg’ona vodiysining tarixiga oid ko’plab ma’lumotlarga ega bo’ldilar.