O‘zbekiston Respublikasida O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligi bayrami arafasida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Farg‘ona viloyati bo‘limi bilan hamkorlikda Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” shiori ostida ma’naviy-marifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Farg‘ona davlat universiteti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchilari, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi, Farg‘ona yuridik texnikumi hamda IIV qoshidagi Farg‘ona shahar akademik litseyi o‘quvchilari, faol kitobxonlar ishtirok etdilar.