Mamlakatimizda ayollarga nisbatan zo‘ravonlik va tazyiqlarning oldini olishga doir o‘ziga xos milliy tizim va normativ-huquqiy asoslar yaratilib, uni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirishga ahamiyat berilganligi natijasida fuqarolarning turli huquqbuzarliklar va jinoyatlardan himoyalanish darajasi ortib bormoqda.
Oliygohda aynan ushbu masalada "Biz zo’ravonlik va tazyiqqa qarshimiz” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda ishtirok etayotgan hamkor tashkilotlar vakillari - Vazirlar Mahkamasi qoshidagi din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Farg‘ona viloyati bo‘yicha hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi - Ilxom Mirzaxmedov, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jamoat xodimi, pedagog - Omonjon Xoshimov, Farg‘ona shahar IIB psixologi Rashida Xasanova, Farg‘ona shahar Nur masjidi imom-xatibi Xusniddin Tursunzoda, Afg‘onchi jangchilar va nogironlar jamiyati raisi B.Mirzaolimovlar o‘z ma’ruzalari bilan nutq so‘zladilar.