Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 446
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

“QADRING BALAND BO’LSIN ONA TILIM!”

13:47, 20.10.2022      

Shahrimizdagi ta'lim muassasalarida ona tili va adabiyot, o'zbek tili fan oyligi davom etmoqda. Farg'ona shahrida joylashgan 13-o'rta ta'lim maktabida "Qadring baland bo'lsin ona tilim! shiori ostida ijodiy uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda Farg'ona davlat universiteti Filologiya fanlari doktori, professor Siddiq Mo'min hamda shoir Saydali Odilovlar taklif etildilar.

Mehmonlar ona tilimiz haqida, uning naqadar jozibador ekanligi, bu tilda qanchadan-qancha nodir asarlar yaratilganligi haqida so’zlar ekan, tilimizni asrab-avaylab, uning nufuzini oshirib, kelajak avlodlarga yetkazish barchamiz uchun ham qarz, ham farz ekanligini ta'kidlab o'tdilar.

Uchrashuvda o'quvchilar o'zlari qiziqqan savollarga javob oldilar. Ushbu uchrashuv o'quvchilarda katta taassurot qoldirdi.